# started 2014-09-02T08:18:40Z "Andoza:O`zbekiston viloyatiNamangan viloyati - OʻzR tarkibidagi viloyat. 1941 y. 11 martda tashkil etilgan (1960 y. 25 yanvarda Andijon va Fargʻona viloyatlari tarkibiga qoʻshib yuborilgan. 1967 y. 18 dek.da kayta tashkil etildi). N.v. respublikaning sharqida, Fargʻona vodiysining shim.-gʻarbiy qismida, Tyanshan togʻ tizmasi tarmoklari — Qurama va Chatqol togʻlarining yon bagʻrida joylashgan. Shim. va shim.-sharkdan Qirgʻiziston Respublikasining Jalolobod viloyati, jan.-sharqsan Andijon, jan.dan Fargʻona, shim. va shim.-gʻarbdan Toshkent viloyati va Tojikistonning Sugʻd viloyati bilan chegaradosh. Mayd. 7,44 ming km2. Aholisi 1982,7 ming kishi (2002). N.v.da 11 qishloq tumani (Kosonsoy, Mingbuloq, Namangan, Norin, Pop, Toʻraqoʻrgʻon, Uychi, Uchqoʻrgʻon, Chortoq, Chuyet, Yangiqoʻrgʻon), 8 shahar (Namangan, Kosonsoy, Pop, Toʻraqoʻrgʻon, Uchqoʻrgʻon, Chortoq, Chuyet, Haqqulobod), 11 shaharcha (Jomashoʻy, Toshbuloq, Navbahor, Oltinkon, Uygʻursoy, Chorkesar, Xalqobod, Uychi, Oʻnhayat, Yangiqoʻrgʻon, Oqtosh), 99 qishloq fuqarolari yigʻini bor. Markazi — Namangan sh.Tabiati. Viloyat qududining asosiy qismi Sirdaryoning oʻng sohilida, keng Fargʻona vodiysida joylashgan. Yer yuzasi, asosan, tekislik boʻlib, shim.da qator tepaliklar va Chatqol hamda Qurama togʻlari bilan oʻralgan. Balandligi 350—800 m. Togʻ va adirlar, tor vodiylar, vohalar toʻrtlamchi geologik davrning katta-kichik daryolari va irmoqlarning faoliyatidan hosil boʻlgan. Viloyat hududi geologik faol zonada joylashgan va 8 ballgacha-zilzilalar boʻlib turadi. Keng maydonni egallab yotgan va dehqonchilik obʼyekti boʻlgan Qoraqalpoq choʻli neogen davrida paydo boʻlgan. Foydali qazilmalardan Chodak oltin koni, togʻ kvarsi, sur-ma, mis, neft, gips, ohaktosh va b. qurilish materiallari, shifobaxsh mineral suvlar (Chortoqda) topilgan. Chust-Pop yer osti suvining issiqligi 50° (1300 m dan chiqadi). Suv tarkibida yod va brom bor. Chodaksoydan (450 m chuqurlikdan) 23° issiklikdagi vo-dorod-sulfidli suv chiqadi. Chortoq, Shahand, Kosonsoy, Uchqoʻrgʻon suvlari oʻzining minerallanish darajasi va harakteri boʻyicha mashhur Matsesta, Chakrak, Tal suvlaridan qolishmaydi. Yer osti suvlari togʻ, adir, togʻ oldi botiqlarida va yoyilmalarda yirik toshli, shagʻalli va qumli qatlamlarda joylashgan. Sirdaryoga yaqin zonalarda yer osti (sizot) suvlari mavjud. Ikli-mi keskin kontinental. Yozi uzok,, issiq, qishi qisqa, nisbatan sovuq. Yillik oʻrtacha t-ra 13°. Yanv.da t-ra —25° gacha pasayadi, iyunda 35—45° ga yetadi. Vegetatsiya davri 229 kun. Viloyatning turli qismlarida yogʻin miqdori turlicha. Namanganda oʻrtacha yillik yogʻin miq-dori 230 mm, gʻarbida 90—190 mm, shar-kiy tumanlarida 300—400 mm, togʻ etaklarida 600 mm. Yogʻinning eng koʻp kismi bahor va kuzda yogʻadi. Daryolari yogʻindan, togʻlardagi qor va muzliklardan suv oladi. N.v.da 16 dare va soy, koʻplab mavsumiy soylar mavjud. Eng katta da-ryosi — Sirdaryo. U Norin va Qoradaryoning qoʻshilishidan hosil boʻladi. Norin va Sirdaryoga Chatqol togʻlaridan oqib tushadigan Pochchaotasoy, Chortoksoy, Chustsoy, Olmossoy, Chodaksoy, Gʻovasoy, Kosonsoy, Namangansoy kabi sersuv togʻ daryolari kuyiladi. Kosonsoy, Chortoq, Eskiyer suv omborlari, Oxunboboyev, Shim. Fargʻona, Katta Namangan kanallari qurilgan. Bahor va yoz boshlarida sodir boʻladigan sel hodi-salaridan saqlanish uchun sel omborlari barpo qilingan. Tuproklari pro-lyuvial, oʻtloq, oʻtloqi-botqoq, och tusli boʻz, ayrim joylarda shoʻrxok, och tusli qoʻngʻir, jigarrang . Adirlar qumtosh, mergel, lyoss va chagʻirtoshlar bilan qoplangan. Bahorda efemer oʻsimliklar oʻsadi, chorva mollari boqiladi. Tekislik qismlarida boʻz, koʻngʻir tuproqlar, qadimdan dehqonchilik qilib kelingnidan tabiiy holati oʻzgargan va unumdorligi oshirilgan. Kosonsoyda tipik va qoramtir boʻz tuproq, Namangan, Uchqoʻrgʻon, Chust tumanlarida och boʻz tuproq tarqalgan. Tekislik qismining ekin ekilmaydigan yerlarida shoʻra, shuvoq, lola, otquloq, Sirdaryo boʻylarida betaga, astragal va b. oʻsadi. Togʻlarda archazorlar, yovvoyi olcha, olma va yongʻoqzorlar uchraydi. Togʻlarning baland qismi subalp oʻtloklari — yozgi yaylovlardan iborat. N.v.da deyarli oʻrmon yoʻq. Namangan mevali oʻrmon koʻchatzori va Namangan oʻrmon koʻchatzori mavjud. Choʻl va adirlar oʻzlashtirilib yuborilgandan boʻri, tulki, qobon, yumronqoziq kam uchraydi. Togʻlarda togʻ takasi, sugʻur bor. Adirlarda kalamush, dala sichqo-ni, echkemar, tipratikan, choʻl toshba-qasi, turli xil ilon va kaltakesak koʻp. Qushlardan burgut, kaklik va b. bor. Qo-rabovur, yovvoyi oʻrdak va b. ovlanadi. Dare, soy va b. suv havzalarida har xil baliq yashaydi, ondatra keng tarqalgan. Pochchaotasoy, Gʻovasoyda qunduz ham uchraydi. N.v. xududining intensiv oʻzlashtirilishi oqibatida sudralib yuruvchilar, qushlar, sut emizuvchilar, baliklarning koʻp turlari kama-yib bormoqda.Aholining asosiy qismini o'zbeklar (87,8%) tashkil etadi, shuningdek, tojik (9,0%), kirgiz (1,0%), rus (0,8%), tatar, ukrain, ozarbayjon, yahudiy, belorus, arman, qozoq va b. millat vakillari ham (jami 89 millat) yashaydi. Aholi zichligi oʻrtacha 1 km2 ga 266 kishi. Qishloq aholisi 1238,9 ming kishi, shaharliklar 743,8 ming kishi (2002).Xoʻjaligi. N.v. respublika i.ch. va madaniy taraqqiyotida yetakchi oʻrinlardan birini egallaydi. Viloyat sanoatining asosiy tarmoqlari: mashinasozlik, elektrotexnika, kimyo, paxta tozalash, oziq-ovqat sanoatlari. N.v.da 170 dan ziyod sanoat korxonalari mavjud. Eng yirik sanoat korxonalaridan — mashinasozlik, avtomobillarni tuzatish, gʻisht, yogʻ-ekstraksiya, paxta tozalash, oziq-ovqat (vino z-di, pivo k-ti, \"Namangan salqin ichimliklari\", \"Rohat\", \"Namangankonserva\", \"Shirinlik\", \"Kosonsoykonserva\" korxonalari), kimyo, \"Elektroterm\" i.ch. birlashmasining yetakchi korxonasi, ipak gazlamalar k-ti, badiiy buyumlar f-kasi va h.k. 3402 kichik, 249 shirkat, 76 qoʻshma korxona faoliyat koʻrsatmoqda. Shular orasida: \"Navroʻz\" Oʻzbekiston—Kanada, \"Shohi Soʻzana\", \"Nestle-Oʻzbekiston\", \"Shams LTD\", \"Hyp\", \"Ohangar\", \"Chust pichogʻi\", \"Namanganshina\", \"Kosonsoy-Tekmen\", \"Popfen\", \"Silk-Road\", \"Kasmir Deri\", \"Namanganqogʻoz\", \"Yanis IV\", O'zbekistan— Rossiya \"Kem-tosh\", \"Shifo\" korxonalari, Oʻzbekiston—Xitoy \"Channa-Tekstil\" qoʻshma korxonasi, O'zbekistan—Turkiya \"Ko-sonsoytekstil\" va b. bor.Qishloq xoʻjaligi. Viloyat q.x.ning asosiy tarmogʻi — paxtachilik. N.v. mamlakatda yetishtirilayotgan pax-taning 8—9% ini beradi. Gʻallakorlik, polizchilik, tokchilik, sabzavotchilik, ipakchilik va chorvachilik rivojlangan. Tekislikdagi sugʻoriladigan tu-manlarda chorvachilik, asosan, kora-mol, togʻ oldilaridagi tabiiy oʻtloqlarda qoʻy va echki (jumladan, mayin junli) boqiladi. Q.x.da foydalaniladigan yerlar maydoni 548,1 ming ga, shundan haydaladigan yerlar 219,8 ming ga, yaylovlar 287,9 ming ga, bogʻ va koʻp yillik daraxtzorlar 31,2 ming ga, tokzorlar 8,7 ming ga ni tashkil qiladi. Don ekinlari 80,4 ming ga, paxta 109,5 ming ga, kartoshka 1,3 ming ga, sabzavot 3,5 ming ga, poliz ekinlari 1 ming ga, ozuka ekinlari 14,4 ming ga maydonni egallaydi, 7760 ga oʻrmonzor, 3 ming ga tutzor bor (2001). Yerning meliorativ holatini yaxshilash maqsadida 4 ming km kollektor drenaj tar-moklari qurilgan. Viloyatning hamma tumanlarida sugʻoriladigan maydonning asosiy qismida paxta va don ekinlari ekiladi. N.v.da 134 shirkat xoʻjaligi, 94,8 ming dexdon xoʻjaligi, 3,5 ming fermer xoʻjaligi bor. Jamoa va xususiy xoʻjaliklarda 667,1 ming qoramol (shundan 261,4 mingi sigir), 899,3 ming kuy va echki, 5,8 ming ot mavjud, par-randachilik bilan qam shugʻullaniladi.Transporti. T.y.larning uz. 138 km. Avtomobil yoʻllari uz. 1,7 ming km (shu jumladan, qattiqqoplamalisi 1,6 ming km). Trolleybus liniyasi uz. 80 km. Namangan bilan Toʻraqoʻrgʻon sh.lari oraligʻida ham trolleybus qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. Andijon—Koʻqon, Namangan—Uchqoʻrgʻon oʻrtasida poyezdlar qatnaydi. Namangan—Toshkent, Namangan— Margʻilon—Fargʻona, Namangan— Andijon, Namangan—Qoʻqon—Samarqand yoʻnalishida avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. Fargʻona vodiysini respublika poytaxti bilan bogʻlovchi Toshkent — Oʻsh avtomobil yoʻlining Kamchiq dovonida uz. 358 va 891 m dan iborat boʻlgan ikkita tonnel qurilib foydalanishga topshirildi. N.v. havo transportining rivojlanishi 1941 y.da aerodrom qurish bilan boshlandi. 1984 y.da zamonaviy havo laynerlariga xizmat qiluvchi uchish va qoʻnish maydoni ishga tushirildi. Oʻrta Osiyo davlatlaridagi shaharlar, shuningdek, RFning Moskva, Sankt-Peterburg , Yekaterinburg , Ufa, Simferopol, Novosibirsk, Magadan, Norilsk, Yakutsk, Krasnoyarsk, Mirniy kabi shaharlari va Ukraina poytaxti Kiyev sh. bilan muntazam aloqa yoʻlga qoʻyildi.Madaniy-maorif, sogʻliqni saqlash va sport. 2000/2001 oʻquv yilida viloyatda 671 umumiy taʼlim maktabi (493,4 ming oʻquvchi), 19 ta litsey, 6 maxsus maktab-internat, 2 ta akademik litsey (1350 oʻquvchi), 43 kasb-hunar kolleji (31 mingga yaqin oʻquvchi) faoliyat koʻrsatdi.Viloyatdagi 3 ta oliy oʻquv yurti (Namangan universiteti, Namangan muxandislikpedagogika va Namangan muhandislikiktisodiyot in-tlari)da 11 mingdan ziyod talaba taʼlim oldi (2001). 1999—2001 y.lar mobaynida barcha qulayliklarga ega boʻlgan jami 28 kasb-hunar kolleji (18 ming 875 oʻquvchiga moʻljallangan), hamda 2 akademik litsey (1500 oʻrin) bunyod etildi. Ular zamonaviy oʻquv qurollari va texnika bilan jihozlandi. Viloyat oʻquvchilari Respublika miqyosida oʻtkaziladigan fan olimpiadalarida muntazam qatnashmoqdalar. Xalqaro AKSELS tanlovida gʻolib chiqib xorijiy davlatlarda tahsil olib qaytayotgan oʻquvchilar soni ham ortib bormoqda. AQShning oʻquvchilar oʻrtasida oʻtkazilgan AKSELS tanlovida N.v.dan 40 oʻquvchi ishtirok etdi. Viloyatda 2 ta (Namangan oʻlkashu-noslik va Pop arxeologik) muzey, 1 markaziy, 409 jamoat kutubxonasi (1 mln. nusxadan ortiq asar), 162 madani-yat uyi, 8 madaniyat va istirohat bogʻi, 5 teatr (shu jumladan, Alisher Navoiy nomidagi viloyat musiqali drama teat-ri) bor. Viloyat teatr sahnalarida Oʻzbe-kiston xalq artistlari R. Hamroyev, M. Azizova, S Rahmonov, M. Mansurov, M. Ubaydullayev, X. Oxunova, Oʻ. Nuraliyev, K. Rahimovlar; Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar: M. Dadaboyev, A. Raximov, A. Tojiboyeva, M. Isomiddinov, T. Saydullayevlar samarali ijod qildilar (2001 y. da teatr binosi rekonstruksiya qilindi).Xalq hunarmandchiligi ayniqsa, Namangan va Chuyet sh.larida qadimdan rivojlangan. Chustda pichoq, idish-tovoq, q.x. qurollari ishlab chiqariladi, doʻppidoʻzlik, kashtachilik bilan shugʻullaniladi, xalatlar uchun beqasam va atlas gazlamalar toʻ-qiladi. Chust badiiy buyumlar f-kasi bor. Sogʻliqni saqlash. N.v. da 11 650 oʻrinli 115 kasalxona, 250 dan ortiq dorixona, Respublika shoshi-linch tibbiy yordam markazining fi-liali, kuniga 30 ming bemorni qabul qilish quvvatiga ega boʻlgan 256 ambulatoriya-poliklinika muassasasi ishlab turibdi. N.v.da oʻtgan 10 yil mobaynida 104 qishloq shifokorlik punktlari barpo etildi, 41 qishloq shifokorlik ambulatoriyasi va feldsher-akusherlik punktlari qishloq shifokorlik punktlariga aylantirildi. Shu davrda 1505 oʻrinli kasalxona, bir smenada 43,7 ming bemorni qabul qiluvchi poliklinikalar qurib bit-kazildi, shoshilinch tibbiy yordam mar-kazi, viloyat koʻp tarmoqli kasalxonasi, viloyat kardiologiya markazi, oʻsma kasalliklar, Namangan shahar onalar va bolalar fizioterapevtik, yuqumli kasalliklar kasalxonalari foydalanishga topshirildi. Ular zamonaviy tibbiyot apparatlari, asbob-uskunalar bilan jihozlandi. Namanganda Semashko nomidagi respublika fizioterapevtik ilmiy tadqiqot in-ti, respublika akusherlik va ginekologiya ilmiy tadqi-qot in-ti hamda respublika Salomatlik intlarining viloyat filiallari, nevrologiya, endokrinologiya va urologiya markazlari faoliyat koʻrsatmoqda.Viloyatda onalik va bolalikni muhofaza qilish boʻyicha \"Somom avlod\" dasturi asosida 2000 y.dan boshlab \"Delfin\", \"Viktor\" va b. zamonaviy apparatlar bilan jihozlangan \"Ona va bola\" skrining markazi ishlab turibdi. 6 sanatoriy (jumladan, \"Chortoq\", \"Gulshan\", \"Kosonsoy\"), Koʻksaroy dam olish zonasi mavjud.Sport. Viloyatdan sportning futbol, basketbol, voleybol, suv polosi, chim ustida xokkey, mini futbol, qoʻl toʻpi, shaxmat turlari boʻyicha sportchilar mamlakat musobaqalarida muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoq-dalar. N.v.da \"Navbaxrr\" markaziy sta-dioni, shuningdek, 28 stadion, \"Pahlavon\", \"Dinamo\", \"Alpomish\", \"Sogʻlom avlod\" sport majmualari, 22 su-zish havzasi, 54 tennis korti, 1 velotrek, 2 otchopar, 473 sport zali, 305 otish tiri, 571 basketbol, 1754 voleybol, 375 qoʻl toʻpi, 422 kichik va 563 katta futbol maydon va maydonchalari bor. 590 mingdan ziyod kishi jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanadi. Ularning 260 ming nafaridan ortigi oʻsmirlar. Namangan dovrugini oshirgan va anʼanaga aylangan \"Universia-da-2000\" tadbiri katta umumxalq bayrami sifatida keng nishonlandi. Shaxmat, charm toʻp buyicha Osiyo, jahon chempionatlari, saralash musobaqalari, tennischilarning \"Buyuk ipak yoʻli\", \"Satellit\", \"Fyuchers\" kabi turlarining oʻtkazilishi Namanganni dunyoga yana ham kengroq tanitdi. Namangan sh.ning Davlatobod tumanidagi \"Navbahor\" stadioni, \"Doʻstlik\" tennis majmuasi, \"Yoshlik\" suzish havzasi, Namangan sh.dagi \"Paxlavon\", \"Alpomish\", \"Dinamo\" sport majmualari, Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi \"Kurash\" majmuasi kabi sport inshootlarida xalqaro mavqedagi sport musobaqalari oʻtkazib turiladi. N.v.da 15 xalqaro toifadagi sport ustasi, 900 dan or-tiq sport ustasi, 2400 sport ustaligiga nomzod, 5000 dan ziyod 1-toifadagi sportchi tayyorlandi. Viloyatning 200 dan ortiq sportchisi Oʻzbekiston milliy terma jamoalari aʼzolaridir. N.v.dan 2000 y.da boks boʻyicha respublika chempioni, stol tennisi, shaxmat va b. sport turlari boʻyicha xalqaro musobaqa sovrindorlari yetishib chiqdi. Namanganda oʻtkazilgan 18 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasida belbogʻli kurashchilarning 5-Xalqaro birinchiligida Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Turkmaniston. Armaniston, Gruziya, Ukraina, Belorussiya, Rossiya, Hindiston va Turkiya sportchilari ishtirok etdi. \"Umid nihollari\", \"Barkamol avlod\", \"Universiada\" musobaqalarida oʻquvchitalabalar faolligi tobora oshib bormoqda. 2000 y.gi Universiadada N.v. sportchilari birinchi oʻrinni olishdi. 2001 y. \"Barkamol avlod\" musobaqalarida Fargʻonada 2-oʻrinni, 2002 y. Far-gʻonada oʻtkazilgan \"Umid nihollari\" musobaqalarida faxriy uchinchi urinni egalladi. \"Alpomish\", \"Barchinoy\" testlariga 500 mingga yaqin oʻquvchi, 30 mingga yaqin talaba, ishchixizmatchi jalb qilindi. Kattalikda respublikada 2-oʻrinda turgan (36 ming oʻrinlik) \"Navbahor\" stadioni negizida maxsus futbol maktabi, \"Olimpiya zaxiralari\" sport maktabida basketbol, voleybol, qoʻl toʻpi boʻyicha sportchilar tayyorlanmoqda. Namanganda \"Gulbahor\" ayollar futbol jamoasi faoliyati ravnaq topayapti. Toshbulokdik yosh karatechioʻquvchi Doston Turgʻunov AQShda \"Atlanta kubogi\" sovrini musobaqalarida ishtirok etib, birinchilikni qoʻlga kiritib, oltin medal bilan qaytdi. Stol tennisi boʻyicha Sevara Krdirova 1999 y.da Shvetsiyada oʻtgan jahon yoshlar chem-pionatida jahon chempioni boʻddi. Shaxmat boʻyicha Osiyo chempionatida Olga Son 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasida Osiyo chempioni, yozgi biatlondan Mu-habbat Kandakova Yevropa ochiq chempionati gʻolibi, erkin kurash boʻyicha Rustam Mamajonov Osiyo kubogini, shaxmat boʻyicha xalqaro grossmeyster Saidali Yoʻldoshev Xitoyda oʻtgan Osiyo chempionati gʻolibligini, boks boʻyicha Toʻlashboy Doniyorov xalqaro musobakalar gʻolibligini, aka-uka Baxtiyor va Shuhrat Bozorovlar kurash boʻyicha Oʻzbekistonning bir necha bor