# started 2014-08-16T15:19:29Z "Andoza:O`zbekiston viloyatiNamangan viloyati - O\u02BBzR tarkibidagi viloyat. 1941 y. 11 martda tashkil etilgan (1960 y. 25 yanvarda Andijon va Farg\u02BBona viloyatlari tarkibiga qo\u02BBshib yuborilgan. 1967 y. 18 dek.da kayta tashkil etildi). N.v. respublikaning sharqida, Farg\u02BBona vodiysining shim.-g\u02BBarbiy qismida, Tyanshan tog\u02BB tizmasi tarmoklari \u2014 Qurama va Chatqol tog\u02BBlarining yon bag\u02BBrida joylashgan. Shim. va shim.-sharkdan Qirg\u02BBiziston Respublikasining Jalolobod viloyati, jan.-sharqsan Andijon, jan.dan Farg\u02BBona, shim. va shim.-g\u02BBarbdan Toshkent viloyati va Tojikistonning Sug\u02BBd viloyati bilan chegaradosh. Mayd. 7,44 ming km2. Aholisi 1982,7 ming kishi (2002). N.v.da 11 qishloq tumani (Kosonsoy, Mingbuloq, Namangan, Norin, Pop, To\u02BBraqo\u02BBrg\u02BBon, Uychi, Uchqo\u02BBrg\u02BBon, Chortoq, Chuyet, Yangiqo\u02BBrg\u02BBon), 8 shahar (Namangan, Kosonsoy, Pop, To\u02BBraqo\u02BBrg\u02BBon, Uchqo\u02BBrg\u02BBon, Chortoq, Chuyet, Haqqulobod), 11 shaharcha (Jomasho\u02BBy, Toshbuloq, Navbahor, Oltinkon, Uyg\u02BBursoy, Chorkesar, Xalqobod, Uychi, O\u02BBnhayat, Yangiqo\u02BBrg\u02BBon, Oqtosh), 99 qishloq fuqarolari yig\u02BBini bor. Markazi \u2014 Namangan sh.Tabiati. Viloyat qududining asosiy qismi Sirdaryoning o\u02BBng sohilida, keng Farg\u02BBona vodiysida joylashgan. Yer yuzasi, asosan, tekislik bo\u02BBlib, shim.da qator tepaliklar va Chatqol hamda Qurama tog\u02BBlari bilan o\u02BBralgan. Balandligi 350\u2014800 m. Tog\u02BB va adirlar, tor vodiylar, vohalar to\u02BBrtlamchi geologik davrning katta-kichik daryolari va irmoqlarning faoliyatidan hosil bo\u02BBlgan. Viloyat hududi geologik faol zonada joylashgan va 8 ballgacha-zilzilalar bo\u02BBlib turadi. Keng maydonni egallab yotgan va dehqonchilik ob\u02BCyekti bo\u02BBlgan Qoraqalpoq cho\u02BBli neogen davrida paydo bo\u02BBlgan. Foydali qazilmalardan Chodak oltin koni, tog\u02BB kvarsi, sur-ma, mis, neft, gips, ohaktosh va b. qurilish materiallari, shifobaxsh mineral suvlar (Chortoqda) topilgan. Chust-Pop yer osti suvining issiqligi 50\u00B0 (1300 m dan chiqadi). Suv tarkibida yod va brom bor. Chodaksoydan (450 m chuqurlikdan) 23\u00B0 issiklikdagi vo-dorod-sulfidli suv chiqadi. Chortoq, Shahand, Kosonsoy, Uchqo\u02BBrg\u02BBon suvlari o\u02BBzining minerallanish darajasi va harakteri bo\u02BByicha mashhur Matsesta, Chakrak, Tal suvlaridan qolishmaydi. Yer osti suvlari tog\u02BB, adir, tog\u02BB oldi botiqlarida va yoyilmalarda yirik toshli, shag\u02BBalli va qumli qatlamlarda joylashgan. Sirdaryoga yaqin zonalarda yer osti (sizot) suvlari mavjud. Ikli-mi keskin kontinental. Yozi uzok,, issiq, qishi qisqa, nisbatan sovuq. Yillik o\u02BBrtacha t-ra 13\u00B0. Yanv.da t-ra \u201425\u00B0 gacha pasayadi, iyunda 35\u201445\u00B0 ga yetadi. Vegetatsiya davri 229 kun. Viloyatning turli qismlarida yog\u02BBin miqdori turlicha. Namanganda o\u02BBrtacha yillik yog\u02BBin miq-dori 230 mm, g\u02BBarbida 90\u2014190 mm, shar-kiy tumanlarida 300\u2014400 mm, tog\u02BB etaklarida 600 mm. Yog\u02BBinning eng ko\u02BBp kismi bahor va kuzda yog\u02BBadi. Daryolari yog\u02BBindan, tog\u02BBlardagi qor va muzliklardan suv oladi. N.v.da 16 dare va soy, ko\u02BBplab mavsumiy soylar mavjud. Eng katta da-ryosi \u2014 Sirdaryo. U Norin va Qoradaryoning qo\u02BBshilishidan hosil bo\u02BBladi. Norin va Sirdaryoga Chatqol tog\u02BBlaridan oqib tushadigan Pochchaotasoy, Chortoksoy, Chustsoy, Olmossoy, Chodaksoy, G\u02BBovasoy, Kosonsoy, Namangansoy kabi sersuv tog\u02BB daryolari kuyiladi. Kosonsoy, Chortoq, Eskiyer suv omborlari, Oxunboboyev, Shim. Farg\u02BBona, Katta Namangan kanallari qurilgan. Bahor va yoz boshlarida sodir bo\u02BBladigan sel hodi-salaridan saqlanish uchun sel omborlari barpo qilingan. Tuproklari pro-lyuvial, o\u02BBtloq, o\u02BBtloqi-botqoq, och tusli bo\u02BBz, ayrim joylarda sho\u02BBrxok, och tusli qo\u02BBng\u02BBir, jigarrang . Adirlar qumtosh, mergel, lyoss va chag\u02BBirtoshlar bilan qoplangan. Bahorda efemer o\u02BBsimliklar o\u02BBsadi, chorva mollari boqiladi. Tekislik qismlarida bo\u02BBz, ko\u02BBng\u02BBir tuproqlar, qadimdan dehqonchilik qilib kelingnidan tabiiy holati o\u02BBzgargan va unumdorligi oshirilgan. Kosonsoyda tipik va qoramtir bo\u02BBz tuproq, Namangan, Uchqo\u02BBrg\u02BBon, Chust tumanlarida och bo\u02BBz tuproq tarqalgan. Tekislik qismining ekin ekilmaydigan yerlarida sho\u02BBra, shuvoq, lola, otquloq, Sirdaryo bo\u02BBylarida betaga, astragal va b. o\u02BBsadi. Tog\u02BBlarda archazorlar, yovvoyi olcha, olma va yong\u02BBoqzorlar uchraydi. Tog\u02BBlarning baland qismi subalp o\u02BBtloklari \u2014 yozgi yaylovlardan iborat. N.v.da deyarli o\u02BBrmon yo\u02BBq. Namangan mevali o\u02BBrmon ko\u02BBchatzori va Namangan o\u02BBrmon ko\u02BBchatzori mavjud. Cho\u02BBl va adirlar o\u02BBzlashtirilib yuborilgandan bo\u02BBri, tulki, qobon, yumronqoziq kam uchraydi. Tog\u02BBlarda tog\u02BB takasi, sug\u02BBur bor. Adirlarda kalamush, dala sichqo-ni, echkemar, tipratikan, cho\u02BBl toshba-qasi, turli xil ilon va kaltakesak ko\u02BBp. Qushlardan burgut, kaklik va b. bor. Qo-rabovur, yovvoyi o\u02BBrdak va b. ovlanadi. Dare, soy va b. suv havzalarida har xil baliq yashaydi, ondatra keng tarqalgan. Pochchaotasoy, G\u02BBovasoyda qunduz ham uchraydi. N.v. xududining intensiv o\u02BBzlashtirilishi oqibatida sudralib yuruvchilar, qushlar, sut emizuvchilar, baliklarning ko\u02BBp turlari kama-yib bormoqda.Aholining asosiy qismini o'zbeklar (87,8%) tashkil etadi, shuningdek, tojik (9,0%), kirgiz (1,0%), rus (0,8%), tatar, ukrain, ozarbayjon, yahudiy, belorus, arman, qozoq va b. millat vakillari ham (jami 89 millat) yashaydi. Aholi zichligi o\u02BBrtacha 1 km2 ga 266 kishi. Qishloq aholisi 1238,9 ming kishi, shaharliklar 743,8 ming kishi (2002).Xo\u02BBjaligi. N.v. respublika i.ch. va madaniy taraqqiyotida yetakchi o\u02BBrinlardan birini egallaydi. Viloyat sanoatining asosiy tarmoqlari: mashinasozlik, elektrotexnika, kimyo, paxta tozalash, oziq-ovqat sanoatlari. N.v.da 170 dan ziyod sanoat korxonalari mavjud. Eng yirik sanoat korxonalaridan \u2014 mashinasozlik, avtomobillarni tuzatish, g\u02BBisht, yog\u02BB-ekstraksiya, paxta tozalash, oziq-ovqat (vino z-di, pivo k-ti, \"Namangan salqin ichimliklari\", \"Rohat\", \"Namangankonserva\", \"Shirinlik\", \"Kosonsoykonserva\" korxonalari), kimyo, \"Elektroterm\" i.ch. birlashmasining yetakchi korxonasi, ipak gazlamalar k-ti, badiiy buyumlar f-kasi va h.k. 3402 kichik, 249 shirkat, 76 qo\u02BBshma korxona faoliyat ko\u02BBrsatmoqda. Shular orasida: \"Navro\u02BBz\" O\u02BBzbekiston\u2014Kanada, \"Shohi So\u02BBzana\", \"Nestle-O\u02BBzbekiston\", \"Shams LTD\", \"Hyp\", \"Ohangar\", \"Chust pichog\u02BBi\", \"Namanganshina\", \"Kosonsoy-Tekmen\", \"Popfen\", \"Silk-Road\", \"Kasmir Deri\", \"Namanganqog\u02BBoz\", \"Yanis IV\", O'zbekistan\u2014 Rossiya \"Kem-tosh\", \"Shifo\" korxonalari, O\u02BBzbekiston\u2014Xitoy \"Channa-Tekstil\" qo\u02BBshma korxonasi, O'zbekistan\u2014Turkiya \"Ko-sonsoytekstil\" va b. bor.Qishloq xo\u02BBjaligi. Viloyat q.x.ning asosiy tarmog\u02BBi \u2014 paxtachilik. N.v. mamlakatda yetishtirilayotgan pax-taning 8\u20149% ini beradi. G\u02BBallakorlik, polizchilik, tokchilik, sabzavotchilik, ipakchilik va chorvachilik rivojlangan. Tekislikdagi sug\u02BBoriladigan tu-manlarda chorvachilik, asosan, kora-mol, tog\u02BB oldilaridagi tabiiy o\u02BBtloqlarda qo\u02BBy va echki (jumladan, mayin junli) boqiladi. Q.x.da foydalaniladigan yerlar maydoni 548,1 ming ga, shundan haydaladigan yerlar 219,8 ming ga, yaylovlar 287,9 ming ga, bog\u02BB va ko\u02BBp yillik daraxtzorlar 31,2 ming ga, tokzorlar 8,7 ming ga ni tashkil qiladi. Don ekinlari 80,4 ming ga, paxta 109,5 ming ga, kartoshka 1,3 ming ga, sabzavot 3,5 ming ga, poliz ekinlari 1 ming ga, ozuka ekinlari 14,4 ming ga maydonni egallaydi, 7760 ga o\u02BBrmonzor, 3 ming ga tutzor bor (2001). Yerning meliorativ holatini yaxshilash maqsadida 4 ming km kollektor drenaj tar-moklari qurilgan. Viloyatning hamma tumanlarida sug\u02BBoriladigan maydonning asosiy qismida paxta va don ekinlari ekiladi. N.v.da 134 shirkat xo\u02BBjaligi, 94,8 ming dexdon xo\u02BBjaligi, 3,5 ming fermer xo\u02BBjaligi bor. Jamoa va xususiy xo\u02BBjaliklarda 667,1 ming qoramol (shundan 261,4 mingi sigir), 899,3 ming kuy va echki, 5,8 ming ot mavjud, par-randachilik bilan qam shug\u02BBullaniladi.Transporti. T.y.larning uz. 138 km. Avtomobil yo\u02BBllari uz. 1,7 ming km (shu jumladan, qattiqqoplamalisi 1,6 ming km). Trolleybus liniyasi uz. 80 km. Namangan bilan To\u02BBraqo\u02BBrg\u02BBon sh.lari oralig\u02BBida ham trolleybus qatnovi yo\u02BBlga qo\u02BByilgan. Andijon\u2014Ko\u02BBqon, Namangan\u2014Uchqo\u02BBrg\u02BBon o\u02BBrtasida poyezdlar qatnaydi. Namangan\u2014Toshkent, Namangan\u2014 Marg\u02BBilon\u2014Farg\u02BBona, Namangan\u2014 Andijon, Namangan\u2014Qo\u02BBqon\u2014Samarqand yo\u02BBnalishida avtobuslar qatnovi yo\u02BBlga qo\u02BByilgan. Farg\u02BBona vodiysini respublika poytaxti bilan bog\u02BBlovchi Toshkent \u2014 O\u02BBsh avtomobil yo\u02BBlining Kamchiq dovonida uz. 358 va 891 m dan iborat bo\u02BBlgan ikkita tonnel qurilib foydalanishga topshirildi. N.v. havo transportining rivojlanishi 1941 y.da aerodrom qurish bilan boshlandi. 1984 y.da zamonaviy havo laynerlariga xizmat qiluvchi uchish va qo\u02BBnish maydoni ishga tushirildi. O\u02BBrta Osiyo davlatlaridagi shaharlar, shuningdek, RFning Moskva, Sankt-Peterburg , Yekaterinburg , Ufa, Simferopol, Novosibirsk, Magadan, Norilsk, Yakutsk, Krasnoyarsk, Mirniy kabi shaharlari va Ukraina poytaxti Kiyev sh. bilan muntazam aloqa yo\u02BBlga qo\u02BByildi.Madaniy-maorif, sog\u02BBliqni saqlash va sport. 2000/2001 o\u02BBquv yilida viloyatda 671 umumiy ta\u02BClim maktabi (493,4 ming o\u02BBquvchi), 19 ta litsey, 6 maxsus maktab-internat, 2 ta akademik litsey (1350 o\u02BBquvchi), 43 kasb-hunar kolleji (31 mingga yaqin o\u02BBquvchi) faoliyat ko\u02BBrsatdi.Viloyatdagi 3 ta oliy o\u02BBquv yurti (Namangan universiteti, Namangan muxandislikpedagogika va Namangan muhandislikiktisodiyot in-tlari)da 11 mingdan ziyod talaba ta\u02BClim oldi (2001). 1999\u20142001 y.lar mobaynida barcha qulayliklarga ega bo\u02BBlgan jami 28 kasb-hunar kolleji (18 ming 875 o\u02BBquvchiga mo\u02BBljallangan), hamda 2 akademik litsey (1500 o\u02BBrin) bunyod etildi. Ular zamonaviy o\u02BBquv qurollari va texnika bilan jihozlandi. Viloyat o\u02BBquvchilari Respublika miqyosida o\u02BBtkaziladigan fan olimpiadalarida muntazam qatnashmoqdalar. Xalqaro AKSELS tanlovida g\u02BBolib chiqib xorijiy davlatlarda tahsil olib qaytayotgan o\u02BBquvchilar soni ham ortib bormoqda. AQShning o\u02BBquvchilar o\u02BBrtasida o\u02BBtkazilgan AKSELS tanlovida N.v.dan 40 o\u02BBquvchi ishtirok etdi. Viloyatda 2 ta (Namangan o\u02BBlkashu-noslik va Pop arxeologik) muzey, 1 markaziy, 409 jamoat kutubxonasi (1 mln. nusxadan ortiq asar), 162 madani-yat uyi, 8 madaniyat va istirohat bog\u02BBi, 5 teatr (shu jumladan, Alisher Navoiy nomidagi viloyat musiqali drama teat-ri) bor. Viloyat teatr sahnalarida O\u02BBzbe-kiston xalq artistlari R. Hamroyev, M. Azizova, S Rahmonov, M. Mansurov, M. Ubaydullayev, X. Oxunova, O\u02BB. Nuraliyev, K. Rahimovlar; O\u02BBzbekistonda xizmat ko\u02BBrsatgan artistlar: M. Dadaboyev, A. Raximov, A. Tojiboyeva, M. Isomiddinov, T. Saydullayevlar samarali ijod qildilar (2001 y. da teatr binosi rekonstruksiya qilindi).Xalq hunarmandchiligi ayniqsa, Namangan va Chuyet sh.larida qadimdan rivojlangan. Chustda pichoq, idish-tovoq, q.x. qurollari ishlab chiqariladi, do\u02BBppido\u02BBzlik, kashtachilik bilan shug\u02BBullaniladi, xalatlar uchun beqasam va atlas gazlamalar to\u02BB-qiladi. Chust badiiy buyumlar f-kasi bor. Sog\u02BBliqni saqlash. N.v. da 11 650 o\u02BBrinli 115 kasalxona, 250 dan ortiq dorixona, Respublika shoshi-linch tibbiy yordam markazining fi-liali, kuniga 30 ming bemorni qabul qilish quvvatiga ega bo\u02BBlgan 256 ambulatoriya-poliklinika muassasasi ishlab turibdi. N.v.da o\u02BBtgan 10 yil mobaynida 104 qishloq shifokorlik punktlari barpo etildi, 41 qishloq shifokorlik ambulatoriyasi va feldsher-akusherlik punktlari qishloq shifokorlik punktlariga aylantirildi. Shu davrda 1505 o\u02BBrinli kasalxona, bir smenada 43,7 ming bemorni qabul qiluvchi poliklinikalar qurib bit-kazildi, shoshilinch tibbiy yordam mar-kazi, viloyat ko\u02BBp tarmoqli kasalxonasi, viloyat kardiologiya markazi, o\u02BBsma kasalliklar, Namangan shahar onalar va bolalar fizioterapevtik, yuqumli kasalliklar kasalxonalari foydalanishga topshirildi. Ular zamonaviy tibbiyot apparatlari, asbob-uskunalar bilan jihozlandi. Namanganda Semashko nomidagi respublika fizioterapevtik ilmiy tadqiqot in-ti, respublika akusherlik va ginekologiya ilmiy tadqi-qot in-ti hamda respublika Salomatlik intlarining viloyat filiallari, nevrologiya, endokrinologiya va urologiya markazlari faoliyat ko\u02BBrsatmoqda.Viloyatda onalik va bolalikni muhofaza qilish bo\u02BByicha \"Somom avlod\" dasturi asosida 2000 y.dan boshlab \"Delfin\", \"Viktor\" va b. zamonaviy apparatlar bilan jihozlangan \"Ona va bola\" skrining markazi ishlab turibdi. 6 sanatoriy (jumladan, \"Chortoq\", \"Gulshan\", \"Kosonsoy\"), Ko\u02BBksaroy dam olish zonasi mavjud.Sport. Viloyatdan sportning futbol, basketbol, voleybol, suv polosi, chim ustida xokkey, mini futbol, qo\u02BBl to\u02BBpi, shaxmat turlari bo\u02BByicha sportchilar mamlakat musobaqalarida muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoq-dalar. N.v.da \"Navbaxrr\" markaziy sta-dioni, shuningdek, 28 stadion, \"Pahlavon\", \"Dinamo\", \"Alpomish\", \"Sog\u02BBlom avlod\" sport majmualari, 22 su-zish havzasi, 54 tennis korti, 1 velotrek, 2 otchopar, 473 sport zali, 305 otish tiri, 571 basketbol, 1754 voleybol, 375 qo\u02BBl to\u02BBpi, 422 kichik va 563 katta futbol maydon va maydonchalari bor. 590 mingdan ziyod kishi jismoniy tarbiya va sport bilan shug\u02BBullanadi. Ularning 260 ming nafaridan ortigi o\u02BBsmirlar. Namangan dovrugini oshirgan va an\u02BCanaga aylangan \"Universia-da-2000\" tadbiri katta umumxalq bayrami sifatida keng nishonlandi. Shaxmat, charm to\u02BBp buyicha Osiyo, jahon chempionatlari, saralash musobaqalari, tennischilarning \"Buyuk ipak yo\u02BBli\", \"Satellit\", \"Fyuchers\" kabi turlarining o\u02BBtkazilishi Namanganni dunyoga yana ham kengroq tanitdi. Namangan sh.ning Davlatobod tumanidagi \"Navbahor\" stadioni, \"Do\u02BBstlik\" tennis majmuasi, \"Yoshlik\" suzish havzasi, Namangan sh.dagi \"Paxlavon\", \"Alpomish\", \"Dinamo\" sport majmualari, To\u02BBraqo\u02BBrg\u02BBon tumanidagi \"Kurash\" majmuasi kabi sport inshootlarida xalqaro mavqedagi sport musobaqalari o\u02BBtkazib turiladi. N.v.da 15 xalqaro toifadagi sport ustasi, 900 dan or-tiq sport ustasi, 2400 sport ustaligiga nomzod, 5000 dan ziyod 1-toifadagi sportchi tayyorlandi. Viloyatning 200 dan ortiq sportchisi O\u02BBzbekiston milliy terma jamoalari a\u02BCzolaridir. N.v.dan 2000 y.da boks bo\u02BByicha respublika chempioni, stol tennisi, shaxmat va b. sport turlari bo\u02BByicha xalqaro musobaqa sovrindorlari yetishib chiqdi. Namanganda o\u02BBtkazilgan 18 yoshgacha bo\u02BBlgan yoshlar o\u02BBrtasida belbog\u02BBli kurashchilarning 5-Xalqaro birinchiligida Qirg\u02BBiziston, Qozog\u02BBiston, Turkmaniston. Armaniston, Gruziya, Ukraina, Belorussiya, Rossiya, Hindiston va Turkiya sportchilari ishtirok etdi. \"Umid nihollari\", \"Barkamol avlod\", \"Universiada\" musobaqalarida o\u02BBquvchitalabalar faolligi tobora oshib bormoqda. 2000 y.gi Universiadada N.v. sportchilari birinchi o\u02BBrinni olishdi. 2001 y. \"Barkamol avlod\" musobaqalarida Farg\u02BBonada 2-o\u02BBrinni, 2002 y. Far-g\u02BBonada o\u02BBtkazilgan \"Umid nihollari\" musobaqalarida faxriy uchinchi urinni egalladi. \"Alpomish\", \"Barchinoy\" testlariga 500 mingga yaqin o\u02BBquvchi, 30 mingga yaqin talaba, ishchixizmatchi jalb qilindi. Kattalikda respublikada